Qo‘shma Shtatlarda noqonuniy muhojirlarni keyinchalik deportasiya qilish uchun hibsga olish uchun reydlar boshlandi.
Bu haqda CNN telekanalida prezident Donald Tramp ma’muriyatining chegara xavfsizligi masalalari bo‘yicha kuratori Tomas Xoman ma’lum qildi.
«Ha, immigrasiya va bojxona xizmati bugungi kunda qonunni joriy qilmoqda. Bu bizning ustuvor vazifamiz bo‘ladi» – dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonda o‘z tarafdorlariga murojaat qilib, Meksika bilan chegara orqali noqonuniy migrantlarning mamlakatga “kirishini to‘xtatishga” va’da bergan edi.
Tramp AQSh Kongressining markaziy zalida inaugurasiya nutqi chog‘ida Meksika bilan chegaradagi vaziyat tufayli favqulodda holat e’lon qilishini va u yerga qo‘shin jo‘natishini aytdi. U, shuningdek, meksikalik narkotik kartellarini xorijiy terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish niyatini bildirdi va ularga Meksika hududida kuch qo‘llanilishini istisno etmadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!