Jahon, Jamiyat, Siyosat

Bizni 2025-yilda qanday muammolar kutmoqda?

Bizni 2025-yilda qanday muammolar kutmoqda?

“Global Risk Report-2025” hisobotiga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari yaqin ikki yilda bir qator jiddiy muammolarga duch kelishi kutilmoqda.

Geosiyosiy beqarorlik va resurslar taqchilligi

Hisobotda yozilishicha, hududda geosiyosiy beqarorlik, qurolli mojarolar (davlatlararo) yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘ntarishlar va xalqaro munosabatlarning yomonlashuvi kabi asosiy tahdidlar ehtimoliy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Shungdek, resurslar taqchilligi ham mintaqaga xavf solib turibdi. Misol uchun, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda suv va energetika resurslari taqchilligi muammosi davom etishi kutiladi.

Ekologik hamda ijtimoiy-siyosiy muammolar 

Hududning ekologik muammolari sifatida havo, suv va tuproqning ifloslanishi, shuningdek, aholi sonining ko‘payishi va sanoat tufayli atrof-muhitga bosimning kuchayishi qayd etiladi. Shuningdek, inflyatsiya, narxlarning oshishi, retsessiya, turg‘unlik va davlat qarzining oshishi ham asosiy muammolardan biri bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, qashshoqlik, tengsizlikning kuchayishi, malakali ishchilar yetishmasligi ham yuqoridagilarga qo‘shimcha sifatida qaralmoqda.