Jahon

Bugun 22-yanvar Turkiyada motam kuni deb e’lon qilindi

Bugun 22-yanvar Turkiyada motam kuni deb e’lon qilindi

76 kishi halok bo‘lgan Kartalkaya tog‘-chang‘i markazidagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘lganligi sababli Turkiyada bir kunlik milliy motam e‘lon qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hukumat yig‘ilishida ma’lum qilgan.

Mehmonxonada yuz bergan yong‘in ishi bo‘yicha to‘qqiz kishi, jumladan, mehmonxona egasi ham qo‘lga olingan.

Shuningdek, “22-yanvar, chorshanba kuni Turkiya va xorijiy vakolatxonalardagi davlat bayroqlari tushiriladi”, – degan davlat rahbari.