“Tarkibimizga qo‘shilgan o‘yinchilarga “Siti” oilasiga xush kelibsiz deyman. Ularning jamoaga qo‘shilganidan mamnunman. Ular yosh o‘yinchilar, ko‘p yillar davomida jamoamizda bo‘lishlari reja qilingan.
Husanov Fransiyada o‘ynagan. U ajoyib jismoniy ko‘rsatkichlarga ega va umid qilamizki, ingliz tilini iloji boricha tezroq o‘rganadi. Reys esa ajoyib yosh braziliyalik futbolchi.
Ular Chempionlar Ligasida 1/8 final bosqichiga chiqqanimizdan keyin yordam bera olishadi. APLda esa ular hozirdan o‘ynash imkoniga ega”, deya bosh murabbiy so‘zlarini keltiradi “shaharliklar” matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, “PSJ”—“Manchester Siti” uchrashuvi bugun, 22-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.