Hodisa, Jahon

Tayvanda 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi 

Tayvanda 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi 

Bugun, 21-yanvar kuni Tayvanda 6,4 magnitudali zilzila yuz berishi oqibatida 27 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila Tayvanning janubida soat 12:17 da sodir bo‘lgan bo‘lib, markazi Szyai okrugi ma’muriyatidan 38 kilometr (24 mil) janubi-sharqda, 10 kilometr (6 mil) chuqurlikda sodir bo‘lgan. AQSH Geologiya xizmati zilzilaning magnitudasini 6 darajada aniqladi.

Tayvan shaharlari atrofida yengildan o‘rtachagacha bo‘lgan tarqoq shikastlanishlar haqida xabar qilindi. Tayvanning favqulodda vaziyatlar xizmati 27 kishining yengil jarohat bilan shifoxonaga olib borilganini ma’lum qildi. Ular orasida 1 oylik chaqaloq va yana 6 kishi qulab tushgan uydan qutqarilgandi. Provinsiya shossesidagi Chjuy ko‘prigida shikastlanish qayd etildi.

Hech qanday o‘lim holati qayd etilmagan, biroq qutqaruvchilar shikastlanishlarni baholashda davom etmoqda.