Jahon, Jamiyat, Sport, Yangiliklar

Husanov “Manchetser Siti”dan qancha maosh oladi?

Husanov “Manchetser Siti”dan qancha maosh oladi?

“Manchester Siti” futbolchisiga aylangan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning maoshi yiliga 3.5 million yevroni tashkil etadi. Bu xaqda “City News Wall” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli Husanovning yillik maoshi 3.5 million yevro hisoblanadi. Kuniga 9.5 ming yevro, ya’ni 129 million so‘m. Haftasiga 67 ming yevro, ya’ni 913 million so‘m. Oyiga 290 ming yevro, ya’ni 3 milliard 955 million so‘m miqdorida maosh olishi belgilandi.

Ma’lumot o‘rnida, Abduqodir Husanov “Lans”dan “Manchester Siti”ga bonuslari bilan 50 million yevroga ko‘chib o‘tgandi. U yangi jamoasida 45-raqam ostida to‘p suradi.