Jamiyat, Jinoyat

Toshkent viloyatida eri tomonidan kaltaklangan ayol vafot etdi

Toshkent viloyatida eri tomonidan kaltaklangan ayol vafot etdi

Kuni kecha Oqqoʻrgʻon tumanida turmush oʻrtogʻini kaltaklagan 37 yoshli erkak IIO tomonidan protsessual tartibda ushlangani, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani va ayol tibbiy muolaja olayotgani haqida xabar berilgan edi.

23 yoshli marhuma ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bugun, 24-yanvar kuni shifoxonada vafot etgan.

Tergov davom etmoqda

Shuningdek, mazkur holat jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgani sababli qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126(1)-moddasi 8-qismimi “g” bandiga qayta malakalanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Voqea qachon sodir boʻlgandi?

Joriy yilning 16-yanvar kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro K.G. va uning 2001-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i Sh.U. o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida fuqaro ayolni urib, tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi Chinoz tumani tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan.