AQSH prezidenti Donald Tramp yangi “Stargate” loyihasini e’lon qildi. Loyiha sun’iy intellekt va infratuzilmani rivojlantirishga 500 milliard dollar sarmoya kiritishni maqsad qilgan. Tramp bu haqda Oq uyda yirik texnologiya kompaniyalari rahbarlari bilan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
Loyihaning birinchi bosqichida Oracle, OpenAI va SoftBank 100 milliard dollar sarmoya kiritayotgan bo‘lsa, Microsoft, Arm, NVIDIA va BAAning MGX investitsiya fondi ham loyihaga qo‘shiladi. Loyihada AQSH bo‘ylab 100 ming ish o‘rni yaratish va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini qurish rejalashtirilgan, birinchi ma’lumotlar markazi Texasda allaqachon quriladi.
Loyiha ChatGPTning muvaffaqiyati va sun’iy intellektga bo‘lgan qiziqish ortidan ikki yil avval boshlangan muzokaralar natijasida tashkil topgan. Trampning bu tashabbusi sobiq prezident Jo Baydenning sun’iy intellekt sohasida Amerika yetakchiligini saqlashga qaratilgan chiplar eksportiga cheklovlar joriy etish bo‘yicha qarorini davom ettirmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!