Jamiyat, Madaniyat, O‘zbekiston

Xorazmda muzeylarini rekonstruksiya qilish uchun 5 mlrd soʻm ajratiladi

Xorazmda muzeylarini rekonstruksiya qilish uchun 5 mlrd soʻm ajratiladi

Mablagʻ Xorazm viloyati mahalliy byudjetining erkin qoldigʻi hisobidan taqdim etiladi. Urganchdagi «Lazgi» va «Avesto» muzeylarini rekonstruksiya qilish uchun byudjetdan 5 mlrd soʻm ajratiladi.

Bu haqda Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Rahimov tegishli farmoyishni imzoladi.

«Rekonstruksiya ishlari uchun besh milliard soʻm viloyat mahalliy byudjetining 2025-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldigʻi hisobidan viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasiga ajratilsin», deyiladi farmoyishda.

Farmoyish ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari M.Achilov zimmasiga yuklangan.