Jamiyat, O‘zbekiston

Yanvar oyida tarmoqlarga 5 milliarddan ortiq elektr energiyasi uzatilgan

Yanvar oyida tarmoqlarga 5 milliarddan ortiq elektr energiyasi uzatilgan

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2025-yil uchun belgilangan chora-tadbirlar va rejalar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, 2025-yil yanvar oyining 24 kunida magistral elektr tarmoqlari orqali taqsimlovchi tarmoqlarga 5 mlrd. 100 mln. kilovatt soat elektr energiyasi uzatilgan bo‘lib, yanvar oyi rejasi 75 foizga bajarildi. Joriy oy rejasi yanvar oyi yakuniga qadar to‘liq bajariladi.

O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlarining faoliyat turi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish, elektr energiyasini Respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, shu bilan birga, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyat turlari hisoblanadi.

Investitsiya loyihalari

2019–2024-yillar davomida umumiy qiymati 397,2 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 30 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Natijada, umumiy quvvati 1 025 megavolt-amperga ega bo‘lgan 4 ta 220 kilovoltli podstansiya va 870 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari qurilib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, podstansiyalarning quvvati 7 890 megavolt-amperga oshirildi.

Elektr energiya uzatish

2022-yilda magistral elektr tarmoqlari orqali 66,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi uzatilib, reja 102% ga bajarildi. 2023-yilda esa bu ko‘rsatkich 71,9 milliard kilovatt-soatni tashkil etdi. 2024-yilda 74 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi uzatilishi rejalashtirilgan.

Modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari

2022-yilda 9 ta podstansiyada kuch transformatorlari almashtirilib, qo‘shimcha 1 241 megavolt-amper quvvat yaratildi. 2023-yilda esa 7 ta podstansiyada 1 452,3 megavolt-amper qo‘shimcha quvvat yaratildi. Bundan tashqari, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Eksport va import amaliyotlari

2022-yilda Afg‘onistonga 71,28 million AQSH dollari miqdorida elektr energiyasi eksport qilindi. 2023-yilda esa bu ko‘rsatkich 91,2 million AQSH dollarini tashkil etdi. Shuningdek, 2023-yilda 9,6 million AQSH dollari miqdorida elektr energiyasi tranziti amalga oshirildi.

Transformatsiya va raqamlashtirish

O‘zbekiston MET elektr energetika sohasini transformatsiya qilish va raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, “Dekarbonizatsiya uchun raqamlashtirish – magistral elektr tarmoqlarini takomillashtirish” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Ushbu amalga oshirilgan ishlar O‘zbekistonning elektr energetika tizimini modernizatsiya qilish, uning ishonchliligini oshirish va energiya ta’minotini yaxshilashga qaratilgan.

2025-yildagi rejalar

2025-yilda umumiy qiymati 259,2 mln. dollar bo‘lgan 6 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalar doirasida 485 kilometr uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari quriladi.

Shuningdek, 2102 megavolt quvvatga ega 500 va 220 kilovolt kuchlanishli podstansiyalar ishga tushiriladi.

2025-yilda 1350 megavatt quvvatli 4 ta quyosh fotoelektr stansiyasi elektr energetika umumtizimiga ulanishi kutilmoqda. Bundan tashqari, 100 megavatt quvvatli 1 ta shamol elektr stansiyasi hamda 263 megavatt soat energiya saqlovchi akkumulyator batareyasi tizimlari magistral elektr tarmoqlariga ulanadi.

Ayni kunlarda ushbu loyihalarni amaliyotga tatbiq etilishi boshlab yuborilgan va rejaga muvofiq ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar 316 ta transformator, 1719 dona elektr qurilma, 6029 kilometrdan ziyod uzunlikdagi 110–220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarini ta’mirlash bajariladi.

Tog‘li hududlarda tayanchlarga borish uchun yo‘laklar qurildi

2025-yil yanvar oyi davomida 25 ta transformator, 58 ta elektr qurilma, 248 kilometrdan ziyod uzunlikdagi havo tarmoqlari ta’mirlandi.

Shu bilan birga, elektr uzatish tarmoqlarining 3500 kilometr qismi muhandis-texnik xodimlar tomonidan nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi. Elektr tarmoqlarining 195 kilometrdan ziyod qismi daraxt shoxlaridan tozalanib, 1100 kilometr qismi teplovizor ko‘rigidan o‘tkazildi. Bundan tashqari, 175 ta eski izolyatorlar yangisiga almashtirildi.

Bundan tashqari, tog‘li va qir-adirli hududlarda joylashgan borish qiyin bo‘lgan tayanchlarga borish uchun barpo etilgan yo‘laklarni qordan tozalash, daryo o‘zanlarida va tog‘ yonbag‘irlarida joylashgan tayanchlarni sel-toshqin ta’siriga tushishini oldini olish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.