Ilm-fan, Jahon

Afg‘onistonda talabalarga Rossiyada o‘qish taqiqlandi

Afg‘onistonda talabalarga Rossiyada o‘qish taqiqlandi
Bu haqda Afg‘onistonning Tolibon rejimiga muxolif bo‘lgan “Hasht-e Sobx” gazetasi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

“Guruh yuzlab talabalarni “Rossiyaga musulmon bo‘lib ketyapti, kommunist bo‘lib qaytyapti” deb da’vo qilib, Rossiyaga ketishining oldini oldi”, deyiladi maqolada. Nashrning yozishicha, Ta’lim vazirligi o‘quvchilarning Rossiyaga borishini taqiqlab, boshqa davlat hududida qolish ularning e’tiqodlarini buzishi mumkinligini tushuntirgan. Rossiya Federasiyasida o‘qish uchun stipendiya olgan talabalar 2023-yilda o‘qish uchun barcha zarur tartib-qoidalarni bajarib, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganliklarini ta’kidladilar. Ularning qo‘shimcha qilishicha, qashshoqlik va ishsizlik bo‘lishiga qaramay, ularning har biri zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun 100 dan 150 dollargacha pul to‘lagan.

Bir necha oy kutishdan so‘ng talabalarga ularning o‘qishlari bilan bog‘liq muammolar uchun Rossiya tomoni javobgar emasligi ma’lum qilindi.