Jahon, Jamiyat, Sport

Husanov xato qilsada, “Manchester Siti” g‘alaba qozondi

Husanov xato qilsada, “Manchester Siti” g‘alaba qozondi

“Manchester Siti” o‘z uyida “Chelsi”dan ustun keldi. O‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi. 

Angliya Premer ligasi 23-turi doirasida “Manchester Siti” “Chelsi”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Abduqodir Husanovning xatosidan keyin londonliklar futbolchisi Madueke hisobni ochdi. So‘ng Abduqodir 4-daqiqada Palmerga nisbatdan qoida buzib, sariq kartochka bilan jazolandi. Goldan keyin Husanov muxlislar olqishi va jamoadoshlarining qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘ziga keldi va Jekson tepgan to‘pni qaytarib, klubini yaqqol goldan qutqardi.

42-daqiqada Yoshko Gvardiol hisobni tenshlashtirdi. Ikkinchi taym boshida, ya’ni 52-daqiqada murabbiy Gvardiola tomonidan Husanov Stouns bilan almashtirildi. 68-daqiqada Edersonning uzatmasidan so‘ng Xoland maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqdi. 86-daqiqada Foden ham o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa “shaharliklar” “aristokratlar”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Chelsi” esa 6-o‘ringa tushib ketdi.