Jamiyat, Jinoyat

Qo‘qonda talabaning joniga qasd qilishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmadimi?

Qo‘qonda talabaning joniga qasd qilishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmadimi?
PantherMedia A14190823 tyttö

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qo‘qon davlat pedagogika instituti yotoqxonasi derazasidan sakragan talaba qizning o‘z joniga qasd qilishiga uning shaxsiy muammolari sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Qiz sakrashdan tirik qolgan, ammo shifoxonada halok bo‘lgan

Eslatib o‘tamiz, fojiali hodisa 2024-yil 12-dekabr kuni sodir bo‘lgan edi – qiz talabalar turar joyining uchinchi qavatidan o‘zini tashlagan va og‘ir tan jarohati olgan. Shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi. O‘sha paytda ijtimoiy tarmoqlarda talaba qizning xonadoshlari bilan yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan mojarolar haqida taxminlar paydo bo‘lgandi.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilmadi

Prokuratura surishtiruv natijalariga koʻra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir boʻlgani aniqlangan va jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad etilgan. Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish maqsadida suitsidga qarshi profilaktika ishlarini kuchaytirish tavsiya etilgan.

Universitet yotoqxonasi nazoratga olingan

Hozirda talabalar yotoqxonalarida qo‘shimcha xavfsizlik choralari joriy etilgan: kundalik nazorat yo‘lga qo‘yilgan, talabalarga ruhiy yordam ko‘rsatilmoqda, mumkin bo‘lgan muammo va qiyinchiliklarni aniqlash maqsadida suhbatlar o‘tkazilayapti.