Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri va uning oʻrinbosarlari oylik maoshlari haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri va uning oʻrinbosarlari oylik maoshlari haqida asoslanmagan ma’lumotlar tarqalayotgani yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Asossiz xabarlar jamoatchilikni chalg‘itmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri va uning oʻrinbosarlari oylik maoshlari haqida asoslanmagan ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu esa jamoatchilikda notoʻgʻri fikrlar shakllanishi, vazirlik jamoasiga nisbatan asossiz e’tirozlarni yuzaga keltirmoqda.
Vazirlik rahbariyatining oylik maoshi deb talqin etilayotgan ma’lumotlar notoʻgʻri ekanligini qayd etilib, jurnalist va blogerlardan asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni soʻraldi.
Vazirlik jurnalistlar bilan ochiq va konstruktiv muloqotga tayyor
Eslatib oʻtamiz, qonunchilikda notoʻgʻri axborot tarqatganlik uchun tegishli javobgarlik belgilangan.
“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jurnalist va blogerlar bilan konstruktiv muloqot va hamkorlikka tayyor”, – deyiladi vazirlik rasmiy munosabatida
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!