Jahon, Siyosat

Tramp suv ustidan nazorat o‘rnatmoqchi 

Tramp suv ustidan nazorat o‘rnatmoqchi 
 AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan yong‘inlar munosabati bilan Kaliforniyadagi suv resurslari ustidan nazorat o‘rnatish to‘g‘risida farmon chiqardi. Bu haqda The New York Times xabar berdi .

“Oq uy prezident Trampning Kaliforniyadagi suv resurslarini boshqarish bo‘yicha operasiyalarida federal hukumat rolini kuchaytirish rejasini ko‘rsatuvchi farmoyishini e’lon qildi”, deb yozadi gazeta.

Qayd etilishicha, farmon AQSh Ichki ishlar vazirligiga barcha mahalliy va federal qonunlarni chetlab o‘tgan holda shtat suv resurslarini boshqarishni topshiradi.