Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyishda ayblangan boshqarmaning mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Tarmoqlarda «Qarshi magistral kanali oʻtgan yili 39 ta tender oʻtkazdi. Uning 21 tasida buyurtmachining «qoʻshnisi» gʻolib chiqqan» nomli material eʼlon qilingan.
Qoʻmitaning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan «Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi» DM tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlarida raqobat qonunchiligi talablariga rioya qilinganligi yuzasidan oʻrganish ishlari oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan oʻrganishlari natijasida Buyurtmachi tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali amalga oshirilgan davlat xaridlarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan buyurtmachiga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan.
Ish natijasi yuzasidan qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.
Shuningdek, buyurtmachi (Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi) mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shu bilan birgalikda, oʻrganish davomida kuzatilgan manfaatlar toʻqnashuvi alomatlari boʻyicha maʼlumotlarga huquqiy baho berilishi uchun prokuratura organlariga yuborildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!