Jamiyat

«Ijtimoiy karta» boʻyicha qarorida nimalar keltirilgan?

«Ijtimoiy karta» boʻyicha qarorida nimalar keltirilgan?

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «ijtimoiy karta» boʻyicha qarorida maʼlum qilingan. 

Haydovchilar endilikda texpasport, haydovchilik guvohnomasi yoki ID-karta olib yurishlari shart emas.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024 y. 897-son “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda “ijtimoiy karta“ tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarorida maʼlum qilingan.

2025-yil 1-iyundan boshlab YPX xodimiga ID-kartaning elektron versiyasini smartfonida koʻrsatish kifoya qiladi.

Shuningdek, banklarda, notariuslarda, temir yoʻl stansiyalarida yoki aeroportlarda siz ID-kartangizni telefon orqali koʻrsatish mumkin.

Qarorda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va «Ijtimoiy karta» mobil ilovasida joriy etiladigan hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari roʻyxati keltirilgan.

Unda 17 hujjat nomi keltirilgan. Ular ichida pasport, ID-karta, texpasport, haydovchilik guvohnomasi va boshqalar keltirilgan.