23-yanvar kuni Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Kosta Oʻzbekiston prezidenti bilan telefon orqali muloqotdan soʻng Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash rejalarini maʼlum qildi.
Bryusselga taklif
Uning soʻzlariga koʻra, ushbu tadbir hududlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni kengaytirish uchun yangi istiqbollarni ochib beradi. Kosta Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yilda hujjatni imzolash uchun Bryusselga tashrif buyurishiga umid bildirdi.
Telefon muloqotida nimalar muhokama qilingan?
Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda aprel oyida Samarqandda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Yetakchilar xalqaro kun tartibi, mintaqaviy hamkorlik va qoʻshma rejalarga ham toʻxtalib oʻtdi.
YI mamlakatlari bilan Tovar ayriboshlash hajmi 6 milliard yevrodan oshgan
2024-yilda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 6 milliard yevrodan oshdi, Yevropa kompaniyalari bilan loyihalar portfeli 30 milliard yevroga yetdi.
O‘tgan yili o‘ta muhim mineral resurslar sohasida strategik sheriklik to‘g‘risida bitim imzolandi. Transport va raqamli o‘zaro bog‘liqlik, “yashil” iqtisodiyot, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda samarali hamkorlik olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!