Kecha, 27-yanvar kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
Unga ko‘ra, Moskvani urushni moliyalashtirish uchun daromadlardan mahrum qilish davom etadi.
“Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga kelishib oldi”, deya yozadi u.
Shuningdek, u Rossiya keltirgan zararni to‘lashi kerakligi haqida ham qo‘shimcha qilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!