Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun mazkur inshootlarga quyosh batareyalari va suv isitgichlari o‘rnatiladi. Bu ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishi kutilmoqda.

Bosh prokuror o‘rinbosari bu vazifa “so‘zsiz” bajarilishini ta’kidladi. O‘tgan yili Bosh prokuratura va viloyat organlari “bunday buyruqlarni bajarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘ldi”, dedi u.

Bu tajribadan kelib chiqib, Prezident topshiriqlari ijrosi ustidan qattiq prokuror nazorati o‘rnatiladi, dedi Shoxrux Aminov.

“Prezident „Hududgazta’minot“ kompaniyasi tomonidan aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzarliklarni tanqid qildi. Bosh prokuraturaga mazkur sohani korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi”, — dedi u.

Prokuratura, “Xududgazta’minot” va “O‘zenergoinspeksiya” o‘z takliflarini ishlab chiqadi va kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, sentabrda Sirdaryo viloyatidagi tadbirkorlar elektr energiyasini uzib, quyosh batareyalarini o‘rnatishga majbur bo‘lgani uchun hokimlik binosi oldiga yig‘ilgan edi. Viloyat elektr tarmoqlari korxonasi mutasaddilar prezident farmonini noto‘g‘ri talqin qilganini ma’lum qilgan. “Gazeta.uz” mamlakat bo‘ylab tadbirkorlar shu sababdan elektr energiyasi uzilishi tahdidiga duch kelayotganini yozgandi. Shu bilan birga, Energetika vazirligi sentabr oyida bunday xatti-harakatlarni ma’qullamasligini va panellarni o‘rnatish va elektr energiyasini o‘chirishga majburlash bo‘yicha ko‘rsatmalar bermaganini aytdi.

Avvalroq energetika vaziri majburlash haqidagi savolga javoban, fuqarolarning joylarda suiiste’mollik holatlari bo‘yicha shikoyat qilishlari uchun o‘z qabul raqamini bergandi: 71−231−14−41.