Hodisa, Jahon

Samarada maktab o’quvchilari evakuasiya qilindi

Samarada maktab o’quvchilari evakuasiya qilindi
Samaradagi maktab binosidan yong‘in signalizasiyasi chalinganidan keyin 800 kishi, jumladan, 650 bola evakuasiya qilindi. Qurbonlar yo‘q.

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Samara viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS ” .

“Soat 09:51da Sanoat tumani, Novo-Vokzalnaya ko‘chasi, 19-uy manzilida joylashgan “65-sonli umumta’lim maktabi” shahar byudjet ta’lim muassasasida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida xabar kelib tushdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib kelgunga qadar 800 kishi, jumladan, 650 nafar bolalar evakuasiya qilindi”, — deyiladi xabarda.

Yetib kelgan bo‘linmalar mutaxassislari signalga maktab binosining 1-qavatidagi ovqatxonadagi elektr rozetkadagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganini aniqladi.