Jahon, Jamiyat

Toshkentdan Nyu-Yorkka uchayotgan samolyot bortida chaqaloq dunyoga keldi

Toshkentdan Nyu-Yorkka uchayotgan samolyot bortida chaqaloq dunyoga keldi

28-yanvar kuni Toshkent – Nyu-York yo‘nalishi bo‘ylab uchayotgan samolyot bortida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Uzbekistan Airways kompaniyasi xabar berdi. Ekipaj brigadasi boshqaruvchisi ovozli e’lon orqali samolyotdagi shifokorlarni yordamga chaqirgan.

Chaqiriqqa yo‘lovchilar orasidagi shifokor-akusher va jarroh javob berishgan. Bir oz vaqt o‘tib, yo‘lovchi o‘g‘il farzandini dunyoga keltirdi. Shu munosabat bilan ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga majburiy qo‘ngan.

“Samolyot muvaffaqiyatli qo‘nganidan so‘ng, tibbiyot xodimlari bortga ko‘tarilib, zarur yordam ko‘rsatishdi. Ona va chaqaloq mahalliy klinikaga yetkazildi” – deyiladi xabarda.