Turkiya, O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo, iqtisodiyot va transport vazirlarining Anqarada o‘tkazilgan ikkinchi uch tomonlama uchrashuvi yakunlari bo‘yicha umumiy Anqara deklarasiyasi e’lon qilindi.
Deklarasiya Turkiya, O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Xakan Fidan, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov ishtirokida Anqarada o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng e’lon qilindi.
Deklarasiyada uch davlatning bir-birining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va chegaralarining daxlsizligini qat’iy qo‘llab-quvvatlashlari tasdiqlanadi, ular Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Nizomi va xalqaro huquqning umumtan olingan prinsip va normalariga rioya qilishlarini qayd etadi.
Hujjatda savdo, investisiyalar, sanoat, energetika, transport va logistika, raqamlashtirish va aloqa sohalarida birgalikdagi loyihalarni rivojlantirish va ilgari surishning ortib borayotgan ahamiyati e’tirof etilgan, 2022 yil 2 avgustda O‘zbekistanning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuv natijalari ijobiy baholanib, ushbu sohalarda munosabatlarning yanada chuqurlashishiga xizmat qilganligi ta’kidlangan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!