Siyosat

Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda

Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda

Konsepsiya loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

O‘zbekistonda “Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Qonun loyihasi bilan Qonunchilik palatasining rasmiy saytida tanishish va fikr bildirish mumkin.

Loyiha bir guruh deputatlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va unda diniy sohadagi davlat siyosatining 10 ta asosiy vazifasi, 6 ta prinsip va 3 ta ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatilgan.

31-yanvar kuni Qonunchilik palatasi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

Palata rasmiy saytidagi jamoatchilik muhokamasi 9-fevralga qadar davom etadi.