Jamiyat

O’tgan yilda O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 896,3 trln so‘mni tashkil qildi

O’tgan yilda O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 896,3 trln so‘mni tashkil qildi

2024-yilda O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 896,3 trillion so‘mni tashkil qildi. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.

Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli 2023-yilga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 108,1% ni tashkil etdi. Aholining umumiy daromadlari nominal o‘sish sur’ati esa 118,5% ni tashkil qilgan.