Meksika prezident Donald Tramp tomonidan uning tovarlariga 25 foizlik boj joriy etilganiga javoban shunga o‘xshash va yana bir qator choralarni amalga oshiradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Klaudiya Sheynbaum ma’lum qildi.
“Meksika manfaatlarini himoya qilish uchun tarif va notarif choralarni o‘z ichiga olgan B rejasini amalga oshirish yuzasidan Iqtisodiyot vaziriga topshiriq beraman. Hech narsani zo‘rlik bilan qilma, hammasini aql-idrok bilan bajar. Oq uy bizning hududimizga har qanday tajovuzlarini va jinoiy tashkilotlar bilan aloqadorlikda ayblangan Meksika hukumatiga nisbatan tuhmatini qat’iyan rad etamiz”, dedi Sheynbaum.
Prezident Klaudiya Sheynbaum AQSHni fentanilga qarshi kurashda hamkorlik qilishga chaqirdi va Meksika qo‘shni davlatlar bilan qarama-qarshilikni istamasligini ta’kidladi. Sheynbaumning aytishicha, Meksika giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash choralarini ko‘rmoqda: to‘rt oy mobaynida mamlakat hukumati 40 tonnadan ortiq giyohvand moddalarni, jumladan 20 million doza fentanilni musodara qilgan.
U AQSHga mamlakat ichida ushbu muammoga qarshi kurashishni maslahat berdi: Amerika shaharlarida giyohvand moddalar savdosining oldini olish va bunday operatsiyalardan olingan mablag‘larni legallashtirish uchun jazolash choralarini ko‘rish lozim.
“Muammolar tariflar joriy etish orqali emas, balki muzokaralar va muloqot yo‘li bilan hal etiladi. Xuddi so‘nggi haftalarda migratsiya muammosini hal qilish uchun sizning Davlat departamentingiz bilan qilganimizdek; bizning holatimizda — inson huquqlariga hurmat bilan yondashgan hold”, deya xulosa qilgan prezident.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!