Jamiyat

Oltin quymalar narxi ko‘tarildi

Oltin quymalar narxi ko‘tarildi

2025-yil 3-fevral kuni O‘zbekistonda oltin quyma va esdalik tangalar narxi oshdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Bir gramm oltin hozirda 1 million 197 ming 760 so‘mga baholanmoqda. Bu juma kungi narxdan 780 so‘mga ko‘p. Besh grammlik oltin quymaning narxi 5 million 989 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonda 2025-yil 17-yanvardan boshlab 100 grammlik oltin quymalar ham sotuvga chiqargani haqida xabar bergan edik. Ularning narxi 3-fevral holatiga ko‘ra 119 million 776 ming so‘mni tashkil qilmoqda.