Ukrainadagi urush yana-da kuchayib, Rossiya armiyasi faqat so‘nggi hafta ichida mamlakat hududiga 50 ga yaqin raketa, 660 ta dron va 760 dan ortiq havo bombalari bilan hujum qilgan.
1 fevral shanba kuni amalga oshirilgan hujumlar Sumi, Xarkov va Poltava shaharlariga katta zarar yetkazdi. Bu hujumlarda 15 kishi, jumladan, 9 yoshli Sofiya kabi to‘rt nafar bola halok bo‘lgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arbdan yana-da ko‘proq havo hujumidan mudofaa tizimlari va uzoq masofali raketalar taqdim etishni talab qildi.
«Dunyo Rossiyani o‘zining shafqatsiz va asossiz tajovuzini to‘xtatishga majbur qilishi kerak,» – dedi Zelenskiy.
Shuningdek, Ukraina rahbari Rossiyaga nisbatan xalqaro sanksiyalar bosimini kuchaytirish lozimligini yana bir bor taʼkidladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!