Jamiyat

Bir sutkada 2200 tadan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligii aniqlangan

Bir sutkada 2200 tadan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligii aniqlangan

Toshkent viloyatining barcha hududida yo‘l harakati inspektori tomonidan tungi kuchaytirilgan reydlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIBBJXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i kapitan Rustam Asqarov “Demokrat.uz”ga maʼlum qildi.

YHX Boshqarma matbuot xizmati taʼkidlashicha, tunggi reydlar kecha Toshkent viloyatining Angren, Chirchiq , Nurafshon va Yangiyo‘l tumanidan boshlangan. Reydlar boshqarma tasdiqlagan reja jadval asosida bir oy davom etadi.

Reydlar kunning ikkinchi yarmi soat 18:00 dan boshlanib 24:00 gacha davom etadi. Ularda asosiy eʼtibor yo‘l harakati davomida sodir bo‘layotgan mayda qoidabuzarliklardan tortib, avtotransport vositasini berilgan davlat raqam belgisisiz, mast holda, haydovchilik guvohnomasiz, tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqarish va pisxatrop vositalarini aniqlashga eʼtibor qaratilmoqda.

3-fevral kuni o‘tkazilgan tadbirlarda jami 2 200 tadan ortiq yo‘l harakati qoidabuzilishi qayd etilgan. 200 dan ortiq tarnsport vositasi jarima maydonchalariga joylashtirilgan.

Shuningdek, reyd tadbirlari asosan viloyatning ichki hududiy yo‘llariga qaratilgan. Viloyat hududidan o‘tgan boshqa viloyat va respublikalarga eltuvchilarga chegara hududlaridan boshlab qoidabuzarliklarni aniqlovchi harakatlanuvchi radarlar joylashtirilgan.

“Demokrat.uz” hurmatli haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga rioya etib yurishlarini so‘raydi.