2025-yilning 31-yanvar kuni Jizzax viloyatida egizak chaqaloqlarning biri o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda «Millar» dasturida ma’lum qilindi.
«Chaqalovchilarimiz 28-yanvar kuni operatsiya yo‘li bilan tug‘ilgan. Ikkalasi ham o‘g‘il bola edi. Bolalarning sog‘lig‘ida muammo bo‘lmagan. Biz smena topshirayotganimizda egizaklarning bir nafari o‘g‘irlab ketildi. Chaqaloqlarning onasiga ko‘ra, yuziga niqob taqqan ayol egizaklarning birini qorni dam bo‘lgani uchun doktorga ko‘rsatish kerak deb olib chiqib ketgan», deydi shifokor.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan egizaklarni o‘g‘irlab ketgan ayolning shaxsiga aniqlik kiritilgan. So‘ng ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!