Jahon, Jamiyat

Kuala-Lumpurda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda

Kuala-Lumpurda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda

Ayni kunlarda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrining markaziy ko‘chalarida Turizm qo‘mitasi tomonidan 36 ta katta LED ekranlarda O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan videolavhalar namoyish etilmoqda.

2 milliondan ortiq kishi istiqomat qiladigan Malayziya poytaxti aholisi va mehmonlari O‘zbekistonning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari, betakror meʼmorchiligi, an’analari va san’ati, mamlakatimizni sayyohlar uchun jozibador qiladigan barcha jihatlari bilan tanishishlari mumkin.

O‘zbekiston Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarni o‘z ichiga olgan yo‘nalishlarning keng tanlovini taklif qilishga, shuningdek, turli xil turizm turlari, jumladan, ekstremal va qishki turizm uchun imkoniyatlarni taqdim etishga tayyor. Roliklarda chang‘i va snoubordda uchish uchun yaratilgan sharoitlar namoyish etilmoqda. Qishki O‘zbekiston o‘zining qorli manzaralari va toza havosi bilan odatiy sayyohlik yo‘nalishlaridan uzoqda qishki sarguzashtlarni izlayotganlar uchun yangi ufqlarni ochadi.