O‘zbekistonda 2025 yil uchun hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda prezident huzuridagi Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot o‘rnida, jahon tajribasida minimal isteʼmol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichdan:
- davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
- kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
- pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalaniladi.
Eslatma; oxirgi marta bu miqdor energiya tariflari oshishi fonida 4,3 foizga (648 ming so‘mgacha) oshirilgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!