Jamiyat

Qashqadaryoda YTH ortidan ikki yigit halok bo‘ldi

Qashqadaryoda YTH ortidan ikki yigit halok bo‘ldi

Joriy yilning 30-yanvar kuni Qashqadaryoda ikki yigit yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda «MY5» telekanalining Hudud dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, YTH Qarshi shahar Nasaf ko‘chasida soat 17:00 atrofida yuz bergan. 19 yoshli yigit ikki nafar do‘sti bilan birga «Nexia-3» avtomashinasini boshqarib kelayotgan vaqtida drift qilishga uringan, biroq tezlikni to‘g‘ri baholay olmagan.

Buning oqibatda u rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Zarba kuchli bo‘lganidan avtomashina salonida bo‘lgan ikki nafar 19 yoshli yigit voqea joyida vafot etgan.

«Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.