Jamiyat

Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

2025-yil 4-fevral kuni Xidirov Alisher Bo‘riyevich Sirdaryo viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Alisher Xidirov mazkur tayinlovga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati marketing va servis xizmatlari bo‘yicha direktori vazifasida faoliyat olib borgan. Ma’lumot uchun, Xidirov mazkur lavozimda 2022-yildan buyon ishlab kelayotgan Voxid Ibadullayevning o‘rniga kelgan.