Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida Shumtol daraxtini kesganlar tabiatga 412 milliondan ortiq zarar yetkazdi, deb viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar qildi.
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Yangiyo‘l tumanida navbatdagi ekologik nazorat tadbirlari davomida “Madaniyat” MFY hududida 4 tup shumtol (yasin) daraxti kesilgani aniqlandi.
Davlat inspektorlari tomonidan holatga aniqlik kiritilganda 1984-yili Parkent tumanida tug‘ilgan O‘.B. hamda 1967-yilda tug‘ilgan U.A. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.
Bu orqali tabiatga 412 milliondan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarga huquqiy baho berish uchun Toshkent Tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!