Toshkent shahar Shayxontohur tumanida hokim yordamchisi 20 nafar fuqaro nomiga kredit olib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hokim yordamchisi mazkur kreditni fuqarolarga elektron tarzda bergan tavsiyanomalariga asosan, qabul qilib olgan elektron kalitlardan foydalangan. Shu bilan u jami 427,7 mln so‘mlik kredit mablag‘larini qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, M.F. o‘zining qarindoshlari va boshqa 5 nafar fuqarolarga mahalla hududida yashamagan bo‘lsa-da, qalbaki tavsiyanomalar orqali jami 207,7 mln. so‘m miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratilishiga erishib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
«Mazkur holat yuzasidan hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi prakratura xabarida.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!