Jahon

Xitoy Tramp joriy etgan bojlarga munosib javob bermoqda

Xitoy Tramp joriy etgan bojlarga munosib javob bermoqda

Xitoy AQSh ga ko‘miri va suyultirilgan tabiiy gaz importiga 15 foiz, neft, qishloq xo‘jaligi texnikasi va dvigateli katta bo‘lgan avtomobillar importiga 10 foizli boj joriy qiladi. Bu haqda Xitoy Moliya vazirligi ma’lum qildi. O‘zgarishlar 10-fevraldan boshlab kuchga kiradi.

Bayonotda, shuningdek, Xitoy hukumati Google`ga nisbatan monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish bo‘yicha tergov boshlagani haqida so‘z borgan.

qolaversa, rasmiy Pekin Jahon savdo tashkilotiga (JST) AQSh harakatlaridan shikoyat bilan murojaat qilganini bildirdi. “AQSh tariflarining bir tomonlama oshirilishi qoidalarni jiddiy buzmoqda. Bu nafaqat o‘z muammolarini hal qilish uchun foydasiz, balki Xitoy va AQSh o‘rtasidagi normal iqtisodiy va savdo hamkorligiga ham putur yetkazadi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Shuningdek, Xitoy volfram, tellur, vismut, molibden va indiy bilan bog‘liq tovarlarga nisbatan eksport nazoratini kuchaytirmoqda. Bu choralar AQSh prezidenti Tramp tomonidan 2-fevral kuni e’lon qilingan Xitoydan importga 10 foizli boj joriy etilishiga javob bo‘ldi.

2-fevral kuni Tramp Kanada va Meksikadan tovarlar importiga 25 foizli, Xitoydan importga 10 foizlik boj joriy etilishini ma’lum qilganini xabar bergan edik.