Jahon

Afg‘oniston Trampning qurollarni qaytarish talabiga javob berdi

Afg‘oniston Trampning qurollarni qaytarish talabiga javob berdi

Tolibon rahbariyati AQSH prezidenti Donald Trampning Amerika qo‘shinlari tashlab ketgan qurollarni qaytarish haqidagi talabiga javob qaytardi.

Tolibon rasmiysiga ko‘ra, AQSH Afg‘onistondan sharmanda bo‘lib chiqib ketgan, qoldirilgan qurollar esa “urush o‘ljasi” sifatida tortib olingan.

Tramp avvalroq Bayden maʼmuriyatini Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish jarayonida «strategik xatoga» yo‘l qo‘yganlikda ayblab, Tolibonga katta miqdordagi harbiy texnika va qurol-yarog‘ qoldirganini tanqid qilgan edi. U Afg‘onistonda qoldirilgan qurollarni yo‘q qilish yoki qaytarib olish kerakligini aytgan.

AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqib ketganidan keyin minglab birlik zamonaviy qurol-yarog‘, zirhli texnikalar va havo hujumlarini yo‘q qilish tizimlari Tolibon qo‘liga tushgani haqida xabarlar tarqalgan. Vashington bu haqda rasmiy izoh bermagan.