Jahon

Tojikiston sobiq tashqi ishlar vaziri qamaldi

Tojikiston sobiq tashqi ishlar vaziri qamaldi

Beshinchi fevral kuni Tojikiston Oliy sudi davlat to‘ntarishiga urinish bo‘yicha ayblov doirasida sobiq tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiyni 27 yil qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Asia Plus” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, eng uzoq muddat – 27 yillik qamoq jazosi sobiq vazirga, shuningdek, parlamentning sobiq deputati va Tojikiston demokratik partiyasi raisi Saidjafar Usmonzodaga berilgan. Sud Demokratik partiya raisining sobiq o‘rinbosari, jurnalist Ahmadshoh Komilzodani 18 yilga, Sotsial-demokratik partiya raisi o‘rinbosari, huquqshunos Shokirjon Hakimovni 18 yilga, jurnalist va Shokirjon Hakimovning jiyani Ruxshona Hakimovani 8 yilga hukm qilgan.
Xabarda mazkur ishga aloqadorlardan biri, sobiq qo‘mondon Jamshid Boyev qanday jazo olgani aytilmagan.