O‘zbekistondan tashqariga chiqib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida qaytib kelmagan fuqarolarga pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi, deya xabar bermoqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati.
“Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq, bunda vaqtincha to‘xtatilgan pensiyani to‘lash pensioner O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng qayta tiklanadi. Pensioner O‘zbekistonga qaytib kelganida to‘lanmay qolgan oylardagi mablag‘ning 24 oyligini olish huquqiga ega.
Bundan tashqari pensiya to‘lash, fuqaro vafot etganda, pensiyaga huquqlar yo‘qolganda, xorijiy davlatdan pensiya (ijtimoiy nafaqa) olgani holati aniqlanganda yoki doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketganida, ozodlikdan mahrum etilganda (manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan shaxslar bundan mustasno) to‘xtatiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!