Beshinchi fevral kuni Amerikaning Sietl-Takoma aeroportida Yaponiyaning Japan Airlines kompaniyasiga tegishli bo‘lgan yo‘lovchi samolyot mamlakatni Delta Air Lines aviakompaniyasiga qarashli samolyot bilan to‘qnashdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Voqea Vashington shtatidagi Sietl-Takomada Delta Air Lines samolyoti texnik ko‘rikdan o‘tish uchun navbatda turganida, Japan Airlines samolyoti uchish yo‘lakchasidan kelayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Uning qanoti Amerika samolyotining dumiga to‘qnashgan va zarar etkazgan.
Xabarda aytilishicha, voqea samolyotlar havo harakatini boshqarish nazorati ostida bo‘lmagan hududda sodir bo‘lgani uchun boshqa samolyotlarning uchishiga xalaqit bermaydi. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi reyslar kechiktirilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, to‘qqiz soat davom etgan parvozdan so‘ng Tokiodan uchgan samolyot bortida 172 yo‘lovchi va 13 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Delta Air Lines samolyotida esa 142 nafar yo‘lovchi bo‘lib, u Meksikaning Puerto-Valyarta shahriga uchishi kerak edi. Hozirda jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. Yo‘lovchilar esa boshqa samolyotga ko‘chirilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!