Jahon

AQSH Isroilga eng kuchli yadroviy bo‘lmagan MOAB bombalardan biri yetkazib beradi

AQSH Isroilga eng kuchli yadroviy bo‘lmagan MOAB bombalardan biri yetkazib beradi

Tramp administratsiya Isroilga eng kuchli yadroviy bo‘lmagan MOAB bombalardan biri yetkazib berilishini e’lon qildi.

Bu bomba 11 tonna og‘irlikda bo‘lib, yerning chuqur qatlamlarida joylashgan inshootlarni, masalan, Eron yadro obyektlarini yo‘q qilishga qodir. Ilgari AQSHning barcha prezidentlari — Jorj Bushdan Jo Baydengacha mojaroning kuchayishidan cho‘chib, Isroilga bu qurolni berishdan bosh tortgan edi. Ammo endi Tramp birinchi marta MOAB’ni yetkazib berishga ruxsat berdi.
Isroil razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu shu yilning o‘zidayoq yadro quroliga ega bo‘lishi kutilayotgan Eronning yadro obyektlariga ehtimoliy hujum uchun signal bo‘lishi mumkin. Trampning bunday qat’iy pozitsiyasiga Eron maxsus xizmatlarining uni yo‘q qilish rejalari haqidagi xabarlar sabab bo‘lgan.