Malayziyaning Meraque kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hududida aqilli qishloq xo‘jaligi texnikalari va dronlarni mahalliylashtirgan holda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolangani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.
Xabarlarda dronlardan nima maqsadlarga va qachon foydalanish yoxud eksport uchun ishlab chiqarishga yo‘lantirilgani haqida maʼlumotlar keltirilmagan.
Maʼlumot uchun: uchuvchisiz uchish apparatlarini (UUA), ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish yurtimizda javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!