Jamiyat

Osh yesang 2 kun och qolasan

Osh yesang 2 kun och qolasan

Statistika agentligi aholini hayratlantirishdan charchamayapti. Agentlikning galdagi maʼlumotida 2025-yilning yanvar oyi uchun “Palov indeksi” e’lon qilindi. Unga koʻra eng qimmat bir porsiya osh poytaxt Toshkent shahrida 35 700 soʻmdan sotilmoqda. Arzoni esa Namangan shahrida 23 ming soʻm.

Kuniga 22 300 soʻm topadigan boylar, mobodo tushlikka polov isteʼmol qilsa, qoʻshimcha 12 700 soʻmni ham qoʻshib hisoblaganda 2 sutka ovqatlanmasligiga toʻgʻri kelarkan.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra,
hududlarda polov quyidagicha sotilmoqda. Buxoroda 33 900, Xorazmda 31 900, Andijonda 31 200, Qashqadaryoda 30 700, Samarqandda 30 500, Surxondaryoda 29 200, Jizzaxda 28 800, Toshkent viloyatida 27 300, Navoiyda 26 800, Fargʻonada 26 600, Sirdaryoda 25 700 va Qoraqalpogʻiston Respublikasida 26 100 soʻmni tashkil etgan.

Shu ketish boʻlsa, yemay ichmay qoʻyamizov