Rossiyaning Moskva viloyatida o‘zbekistonlik erkak yo‘lda yotgan 11 oylik qizaloq chaqaloqni avtomobillar ostida qolishdan qutqarib qoldi, deb REN TV xabar berdi.
Unda aytilishicha, dastlab erkak yo‘lida quyon yoki mushuk paydo bo‘ldi deb o‘ylab, uni chetlab o‘tishga harakat qilgan. Keyin esa oldida 11 oylik chaqaloq yotganini tushunib yetgan.
Shundan so‘ng u mashina pechini yoqib, chaqaloqning qo‘llarini ishqalab isitishga harakat qilgan. Keyin esa politsiya va tez yordamni chaqirgan. Bir payt u tomon bir ayol kelib, qizaloq uning nabirasi ekanini aytgan. Biroq haydovchi bunga ishonmay, huquq-tartibot idoralari va shifokorlar kelishini kutishga qaror qilgan. Keyinchalik ayol haqiqatan ham qizaloqning qarindoshi ekani aniqlangan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u yaqinda psixiatriya bo‘limida davolanishni yakunlagan.
Ta’kidlanishicha, sovuqdan aziyat chekkan chaqaloqqa birinchi darajali sovuq urish tashxisi qo‘yilgan. Hozirda u uyda ambulator davolanmoqda. Qizaloqning ota-onasi haydovchiga qutqaruv uchun pul taklif qilgan, biroq u rad etib, mablag‘ni bolani davolashga sarflashlarini so‘ragan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!