O‘zbekistonda banklar Avtokredit berishda avtomobillarga chegirmalarni hisobga olishni boshlaydi. Bu haqda bugun xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida aytildi. Ko‘plab avtosalonlar avtomobil xaridi uchun pul to‘liq to‘lansa chegirma bermoqda. Lekin amaldagi qoidalarga ko‘ra, kreditga beriladigan avtomashina uchun bu chegirmani banklar qabul qilmaydi. Agar banklarga chegirma qabul qilishga ruxsat berilsa, kredit stavkasi 4 foizga arzonlashadi.
Prezident bu cheklovni mahalliy avtomashinalar uchun bekor qilish muhimligini aytdi.
Shuningdek, yig‘ilishda qayd etilishicha, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish uchun taksi agregatorlaridan biri 2 mingta avtomobil kreditiga kafil bo‘lib, 4 ming odamni ishli qilish taklifi bilan chiqqan. Buning hisobiga yangi zamonaviy taksilar ko‘payadi. Bunday loyihalarga banklar 1 trillion so‘m kredit ajratishga tayyor.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!