Jamiyat

Malayziya, Koreya va Misr aviakompaniyalari O‘zbekistonga doimiy parvozlarni amalga oshiradi

Malayziya, Koreya va Misr aviakompaniyalari O‘zbekistonga doimiy parvozlarni amalga oshiradi

O‘zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi Misr, Malayziya va Janubiy Koreya aviakompaniyalariga O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat berdi, deb xabar berdi agentlik.

Agentlik tomonidan O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan joriy yil 3 fevralida Air Asia X Berhad aviakompaniyasiga O‘zbekistonga Kuala-Lumpur-Toshkent-Kuala-Lumpur yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirilgan. Parvozlar A330 havo kemasida amalga oshiriladi.

Shuningdek, O‘zbekistonga Seul-Toshkent-Seul yo‘nalishida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan joriy yil 3 fevralida T’way Air aviakompaniyasiga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi berilgan. Bunda ham parvozlar A330 samolyotlari vositasida olib boriladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Misr Arab Respublikasi o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida joriy yil 4 fevralida Red Sea Airlines aviakompaniyasiga O‘zbekistonga Sharm-El-Sheyh-Toshkent-Sharm-El-Sheyh yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi taqdim qilingan. Parvozlar V737 havo kemasida amalga oshiriladi.