O‘zbekiston Markaziy bankining sof oltin xarid qilish hajmi 11 tonnani tashkil etgan. Bu haqda Jahon oltin kengashi xabar berdi.
Kengashning yillik hisobotiga ko‘ra, 2024-yilda oltinga bo‘lgan global talab rekord darajaga 4 974 tonnaga yetgan. O‘zbekiston Markaziy bankining sof oltin xarid qilish hajmi 11 tonnani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘laroq O‘zbekiston dunyoda to‘qqizinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Shuningdek, noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki Polsha bilan birgalikda dunyodagi ikkita asosiy oltin xaridorlaridan biriga aylangan.Ma’lumotga ko‘ra, markaziy banklar ketma-ket uchinchi yil 1 ming tonnadan ortiq oltin sotib olgan. Investitsiyaga bo‘lgan talab 25% ga o‘sib, 1,18 ming tonnaga yetdi. Quyma va tangalarga bo‘lgan yillik talab barqaror darajada saqlanib qolgan. 2024-yilda oltinning o‘rtacha narxi bir unsiya uchun $2,3 mingni (+23%) tashkil etdi. To‘rtinchi chorakda esa bu bir unsiyasi uchun rekord darajadagi $2,6 mingga yetgan. Oltin qazib olishning umumiy hajmi 1% ga oshib, 3 661 tonnani tashkil etdi, oltinni qayta ishlash esa 11% ga oshib, 1 370 tonnani ko‘rsatdi. Qimmatbaho metallar taklifi 4 974,5 tonnaga (+1%), talab esa 4 553,7 tonnaga (+1%) oshgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!