Siyosat

O‘zbekistonning Islandiyadagi birinchi elchisi etib Ravshan Usmonov tayinlandi

O‘zbekistonning Islandiyadagi birinchi elchisi etib Ravshan Usmonov tayinlandi

O‘zbekistonning Islandiyadagi birinchi Favqulodda va muxtor elchisi etib Ravshan Usmonov tayinlandi, deb “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. Elchi bugun, 7 fevral kuni Islandiya Prezidenti Xalla Tomasdottirga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqotda Prezident Tomasdottir ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor O‘zbekiston elchisining ushbu mamlakatga tayinlanishi oxirgi yillarda rasmiy Toshkent tomonidan olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosatning natijasi ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Islandiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashildi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida aloqalarni jadallashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Islandiya yetakchisi energetika, yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish, baliqchilik, turizm hamda atrof-muhitni himoya qilish kabi sohalardagi hamkorlik ikki tomonlama manfaatli bo‘lishini e’tirof etdi.

Ma’lumot uchun, Ravshan Usmonov ayni paytda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi hamdir.