Jahon

Rossiyaning 100 yillik gaz zaxirasi bor

Rossiyaning 100 yillik gaz zaxirasi bor
A Gazprom employee stands near to the new bitumen processor at the OAO Gazprom Neft oil refinery in Moscow, Russia, on Thursday, Sept. 20, 2012. OAO Gazprom Neft, the oil arm of Russia’s state-run natural-gas producer, started operating a 3.2 billion-ruble ($100 million) bitumen processor at its Moscow refinery this month as it seeks to reduce pollution. Photographer: Andrey Rudakov/Bloomberg

Rossiya tabiat resurslar vaziri Aleksandr Kozlov ushbu davlatning hozirgi gaz qazib olish darajasi bilan 100 yildan ortiq zaxiraga, neft zaxiralari bilan esa taxminan 64,5 yilga ta’minlanganini ma’lum qildi.

Kozlovga ko‘ra, Rossiyada hozirda uglevodorod xomashyosini geologik o‘rganish, qidirish va qazib olish bo‘yicha 4052 ta litsenziya mavjud bo‘lib, ular 747 ta yer qa’ridan foydalanuvchi o‘rtasida taqsimlangan.

Vazirlik Rossiyada dunyodagi barcha tabiiy gaz zaxiralarining taxminan beshdan bir qismi joylashganini ma’lum qildi. “Rosnedra” ma’lumotlarida bu 63,5 trillion kub metrni tashkil etadi. Neft zaxiralari bo‘yicha mamlakat beshinchi o‘rinda, bu raqamlarda 31,4 milliard tonnaga teng.